Academy of Arabic Kids — bolalar uchun arab tilini oʻrganish bilan birga, muloqot qilish, fikrlash va mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan maxsus dastur.
Darslar bolaning yoshiga va oʻzlashtirish darajasiga moslashtiriladi. Mashgʻulotlar interaktiv usulda olib boriladi — bola dars davomida zerikib qolmasligi va oʻrganayotgan bilimlarini amaliyotda qoʻllashi uchun qulay muhit yaratiladi.
Kids guruhlari 3 xil tarif va 2 xil dars davomiyligi asosida tashkil etiladi.
Mantiqiy fikrlash
Maxsus mashgʻulotlar orqali bolaning mantiqiy fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal qilish koʻnikmalari rivojlantiriladi.
Xotirani mustahkamlash
Yangi soʻzlar va maʼlumotlarni eslab qolishga yordam beruvchi mashqlar muntazam qoʻllaniladi.
Dunyoqarashni kengaytirish
Til oʻrganish jarayonida bola yangi tushunchalar, mavzular va turli xil bilimlar bilan tanishadi.
Muloqot koʻnikmalari
Bolalar tengdoshlari bilan muloqot qilish, fikr almashish va jamoada ishlashni oʻrganadilar.
Odob-axloq va muomala madaniyati
Dars jarayonida hurmat, tartib, masʼuliyat va muomala madaniyatiga eʼtibor qaratiladi.
Interaktiv darslar
Bola charchab yoki zerikib qolmasligi uchun mashgʻulotlar turli interaktiv oʻyinlar va amaliy topshiriqlar bilan boyitiladi.
2 nafar ustoz
3 soatlik dasturda mashgʻulotlar ikki nafar ustoz tomonidan olib boriladi — bu bolalarga koʻproq eʼtibor qaratish va individual yondashuvni taʼminlash imkonini beradi.
Individual yondashuv
Har bir bolaning qobiliyati, oʻzlashtirish tezligi va ehtiyojlari hisobga olinadi.
6 ta kitob
Dastur davomida bola 6 ta kitobni bosqichma-bosqich oʻzlashtiradi. Har bir tugatilgan kitob natijani baholash va ragʻbatlantirish uchun alohida bosqich sifatida belgilanadi.
Tezlashtirilgan natija
Bolaning salohiyati va oʻzlashtirish tezligiga qarab, ayrim bosqichlarni qisqaroq muddatda yakunlash imkoniyati mavjud.
Tamaddi
3 soatlik mashgʻulot davomida bolaning charchab qolmasligi uchun tamaddi va qisqa tanaffuslar tashkil etiladi.
Uy vazifasi akademiyaning oʻzida
Bola uy vazifalarini ustoz nazorati ostida akademiyaning oʻzida bajaradi. Bu ota-onaning uyda qoʻshimcha dars bilan shugʻullanishiga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi.
Bepul oʻquv qurollari
Taʼlim jarayonida kerak boʻladigan oʻquv qurollari akademiya tomonidan taqdim etiladi.
Ota-onalar uchun doimiy aloqa
Ota-onalar Telegram guruh orqali dars jarayonidan lavhalar va farzandining taʼlim jarayoni haqida maʼlumot olib borishlari mumkin.
Ota-onalar bilan muntazam suhbat
Farzandning oʻzlashtirishi va rivojlanishi boʻyicha ota-onalar bilan muntazam suhbat olib boriladi. Zarur holatlarda psixologik tavsiyalar ham beriladi.
Har oy sayohat
Ota-onalar bilan kelishilgan holda oyiga bir marta bolalar uchun taʼlimiy va rivojlantiruvchi sayohatlar tashkil etiladi.
Har bir bola bilan 100 soatgacha ishlash
3 soatlik dasturda har bir oʻquvchining taʼlim jarayoniga oy davomida 100 soatgacha vaqt ajratiladi. Bu bolaning tilni muntazam oʻzlashtirishi va natijaga tezroq erishishiga yordam beradi.
Shunchaki kurs emas — rivojlanish muhiti
Academy of Arabic Kidsda bola arab tilini oʻrganish bilan birga, muloqot qilish, fikrlash, jamoada ishlash va mustaqil harakat qilish koʻnikmalarini ham rivojlantiradi.